Savollaringizga aniq javoblar
Javob topa olmadingizmi? Raqamingizni qoldiring — o‘zimiz bog‘lanib, hammasini tushuntiramiz.
Demo so‘rashNarxi qancha?
Birinchi 7 kun bepul: botni o‘zimiz sozlab beramiz, karta kerak emas. Keyin oyiga 300 000 so‘m. Yoqmasa, hech narsa to‘lamaysiz va istalgan payt to‘xtatasiz.
RelayVanta nima va qanday ishlaydi?
RelayVanta — biznesingiz uchun AI yordamchi. Siz narxlar, ish vaqti, manzil va ko‘p beriladigan savollarni berasiz, biz kerakli kanallar va xizmatlarni ulaymiz. Shundan keyin agent mijozlarga shu ma’lumotlar asosida javob beradi, lid yig‘adi va kerak bo‘lsa suhbatni sizga uzatadi.
Agent sotuvimni qanday oshiradi?
Mijoz javob kutib qolmaydi: agent soniyalar ichida javob beradi, qiziqishni aniqlaydi, telefon raqamni so‘raydi va yozilishni taklif qiladi. Har bir lid saqlanadi va sizga darhol xabar qilinadi.
Qaysi xizmatlarga ulanadi?
Telegram, Instagram, WhatsApp, Google Calendar, Google Sheets, amoCRM, Bitrix24, Click, Payme va yana 400 dan ortiq xizmatga. Ro‘yxatda yo‘q xizmatning API’si bo‘lsa, uni ham ulab beramiz.
Ulash va sozlashni kim qiladi?
Biz. Siz faqat kerakli akkauntlarga ruxsat berasiz — agent, integratsiyalar va avtomatlashtirishlarni jamoamiz sozlab, tekshirib, tayyor holda topshiradi.
Ish vaqtidan tashqari murojaatlarga javob beradimi?
Ha. Agent 24/7 ishlaydi: kechasi va dam olish kunlari kelgan murojaatlarga ham javob beradi va lidlarni ertalabgacha saqlab qo‘yadi.
Qaysi sohalar uchun mos?
O‘quv markazlari, klinikalar, go‘zallik salonlari, onlayn do‘konlar, restoranlar, ko‘chmas mulk va mijozlar bilan yozishmada ishlaydigan har qanday biznes uchun.
Telegram bot qanday ulanadi?
Agent biznesingizning Telegram boti orqali ishlaydi. Bot Telegram’dagi @BotFather’da 2 daqiqada yaratiladi — qadamlarini ko‘rsatamiz yoki o‘zimiz yaratib beramiz. Ulash va sozlashni ham o‘zimiz qilamiz.
Telegram Business bilan ishlaydimi?
Ha. Telegram Premium bo‘lsa, botni akkauntingizga ulaysiz va AI mijozlarga bot nomidan emas, sizning nomingizdan javob beradi. O‘zingiz yozsangiz, AI o‘sha suhbatda to‘xtaydi. Premium bo‘lmasa, oddiy bot orqali ishlaydi.
Agent bilmagan savolga nima qiladi?
To‘qib chiqarmaydi. Javob biznes ma’lumotlarida bo‘lmasa, agent buni ochiq aytadi va suhbatni sizga yoki operatoringizga uzatadi.
Mijozlaringiz hozir yozyapti. Javob berishni boshlang
Raqamingizni qoldiring — biznesingizga mos agentni ko‘rsatamiz va ishga tushirishda yordam beramiz.
- Bepul demo va maslahat
- Ulash va sozlashni o‘zimiz qilamiz
- Hech qanday majburiyat yo‘q
Savolingiz bormi? Qo‘ng‘iroq qiling: +998 88 571 99 71